«SEN MO’JIZASAN AYOL»

8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir Urganch tumanidagi 36- 38-sonli maktablarning 5-sinf o‘quvchilari ishtirokida «Sen mo‘jizasan ayol» nomi bellashuv tashkil etildi. Mazkur tadbirning asosiy maqsadi o‘quvchi-qizlarda milliy qadriyatlarga hurmat, ayollarga ehtirom tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etishdan iborat bo‘ldi. Bellashuv davomida qizlar o‘z bilimlari, ijodkorligi va mahoratini namoyish etib, 5 ta shart asosida o‘zaro bellashdilar.

💐Tadbirga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘limi rahbari G. Jabbarova, kitobxonlar hamda bellashuv ishtirokchilarining onalari mehmon sifatida taklif etildi. Ular qizlarning chiqishlarini qiziqish bilan kuzatib, ularga o‘z tavsiyalarini berishdi. Bellashuv yakunida faol qatnashgan o‘quvchi-qizlar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlanib, esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi. Tadbir barchada katta taassurot qoldirib, ayollarga bo‘lgan hurmat va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.