“Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Bugun Urganch tumani hokimligi tashabbusi bilan Urganch tumani axborot-kutubxona markazi va «Oqila ayollar” jamoasi hamda hamkorligida joriy yilning 15-fevralidan 15-martiga qadar davom etayotgan “Ayollarni e’zozlash” oyligi doirasida “Ayol baxtli bo‘lsa, jamiyat baxtlidir” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, RANCH Unversiteti dotsenti kutubxona ilmiy xodimi Intizor Raximova, shuningdek Urganch tumani Yuqoribog‘ qishlog‘ida faoliyat olib borgan xususiy bolalar uyi rahbari, “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni sohibasi Rahimaxon Durdiyeva mehmon sifatida taklif etildi.
Tadbir davomida “Oqila ayollar” jamoasi tomonidan tinchlik, vatanparvalik va shukronalik mavzularida she’rlar, matallar hamda kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Shuningdek, 15-sonli maktab o‘quvchi-qizlari tomonidan chiroyli raqslar namoyish qilindi. Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tayyorlangan “Millat qizlari o‘qisin” nomli sahna ko‘rinishi ham tadbir ishtirokchilariga namoyish etildi.
Mazkur tadbirda tumanning nuroniy onaxonlar, faol fozila ayollari hamda 1-36-38-sonli maktablarning o‘quvchi-qizlari faol ishtirok etdilar.

