«Men kuchli ayolman» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Urganch tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi hamda Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Jamoat fondining davlat grantlari asosida
“Tinch oila — baxtli bola!” nomli loyiha doirasida «Men kuchli ayolman» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Seminarda Urganch tumani hokimi o‘rinbosari Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Xudayberganova so’zi avvalida, bugungi kunda mamlakatimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy faolligini takidladi.

Tadbirda K.Sobirova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari, shoira G.Ibadullaeva, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Erjanova, shuningdek “Umrbokiy meros” rahbari J.Matchanova ayolining jamiyat hayotidagi o‘rni, ma’rifatli ayolning oiladagi tarbiya va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirdilar. Ayniqsa, shoira G.Ibadullaeva yangi nashrdan markazga sovg‘a qildi