«Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir!»

Urganch tumanida bahorning eng go‘zal va fayzli ayyomi – Navro‘z umumxalq sayli ko‘tarinki ruhda nishonlandi. Ushbu bayramda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va boy madaniy merosimiz o‘zining yorqin ifodasini topdi. Sayl davomida milliy taomlar ko‘rgazmalari, folklor jamoalarining chiqishlari, sport musobaqalari hamda turli madaniy tadbirlar tashkil etilib, aholiga unutilmas kayfiyat ulashildi. Ayniqsa, Urganch tumani axborot-kutubxona markazi o’z kitob ko’rgazmalari va kitobxonlik viktarinalari bilan ishtiroki, bayramga alohida fayz bag‘ishladi.

Navro’z – bu yangilanish, mehr-oqibat va birdamlik timsolidir. Ushbu qutlug‘ ayyom yurtimizda tinchlik, farovonlik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.