Urganch tumani axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlar klubi” a’zolari ishtirokida jadidlar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi. Unda yurtimiz tarixida muhim o‘rin tutgan jadidchilik harakati namoyandalari, ularning ma’rifatparvarlik faoliyati hamda millat ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari haqida atroflicha so‘z yuritildi. Davra suhbatida ishtirokchilar tomonidan Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi buyuk siymolarning hayoti, ijodi va ularning yoshlar tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr almashildi. Shuningdek, jadidlarning ilm-ma’rifatni targ‘ib etish, zamonaviy ta’limni rivojlantirish borasidagi g‘oyalari bugungi kun uchun ham dolzarbligi ta’kidlandi. Mazkur davra suhbati yoshlarning tarixiy xotirasini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni chuqur anglash va kitobxonlik madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.

