Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida 2-aprel – Xalqaro bolalar kitoblari kuni munosabati bilan tumandagi 38-sonli maktab o‘quvchilari hamda kitobxonlar ishtirokida «Ertaklar olamiga sayohat» nomli ma’naviy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi.
Taqdimot davomida markaz mutaxassisi L. Hakimova tomonidan bolalar uchun mo‘ljallangan ertak kitoblar taqdimoti o‘tkazilib, ertaklarning bolalar tarbiyasidagi o‘rni, ularning tasavvur dunyosini kengaytirishdagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quvchilar o‘zlari sevib o‘qigan ertak qahramonlari haqida fikr almashdilar, qiziqarli savol-javoblar orqali faol ishtirok etdilar. Uchrashuv bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ularni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

