Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida Urganch innovatsion universiteti talabalari ishtirokida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan «Sharqning buyuk sultoni – Amir Temur» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda, ishtirokchilarga Sohibqironning boy tarixiy merosi, davlat boshqaruvidagi dono siyosati, harbiy san’atdagi beqiyos mahorati hamda uning jahon tarixidagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, Amir Temurning hayot yo‘li, amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari va avlodlar uchun qoldirgan bebaho merosi yuzasidan qiziqarli fikr-mulohazalar bildirildi.
Davra suhbati doirasida markazda tashkil etilgan kitob ko‘rgazmasi ishtirokchilarda katta qiziqish uygotdi. Ko‘rgazmada Amir Temur hayoti faoliyatiga bag‘ishlangan kitoblar, tarixiy manbalar hamda Temur tuzuklari kabi asarlar o‘rin oldi. Talabalar ushbu ko‘rgazma bilan yaqindan tanishib, o‘z bilim tasavvurlarini yanada boyitdilar.

