Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan tumandagi 4-sonli maktabda faoliyat yuritayotgan «Barkamol avlod» bolalar yozgi oromgohida ko‘chma kutubxona tashkil etildi.
Ko‘chma kutubxona doirasida markaz mutaxassisi G. Botirova tomonidan «Sog‘lom turmush» aksiyasi doirasida bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida quvnoq musobaqalar, sport o‘yinlari hamda mutolaa viktorinalari o‘tkazildi. Bolajonlar shaxmat, shashka, «Kim epchil?» va «Ertakterapiya» kabi qiziqarli o‘yinlarda o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Kitobxonlik viktorinasida esa ular o‘z bilim va zukkoliklarini sinovdan o‘tkazdilar. Ayniqsa, o‘quvchilarning o‘zlari mutolaa qilgan sevimli kitoblari haqida tengdoshlariga hayajon bilan so‘zlab berganlari tadbirning eng unutilmas lahzalaridan biri bo‘ldi.

🌞Yozgi ta’til kunlari bilim, mutolaa va quvnoq lahzalar bilan davom etmoqda!