Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan Urganch davlat universitetining Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari ishtirokida badiiy adabiyotlar taqdimoti tashkil etildi.Unda badiiy hamda sohaga oid adabiyotlarning mazmun-mohiyati, ularning yoshlar tafakkuri, dunyoqarashi va kasbiy rivojlanishidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarni ma’naviy barkamol etib tarbiyalash, ularda mafkuraviy immunitetni mustahkamlash hamda har tomonlama yetuk va komil shaxs bo‘lib voyaga yetishlari uchun yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Uchrashuv davomida talabalar mavjud shart-sharoitlardan samarali foydalanishga, mutolaa madaniyatini yuksaltirishga va kitobni hayotning ajralmas qismiga aylantirishga da’vat etildi. Mutaxassislar tomonidan kitobxonlikni rivojlantirish, badiiy adabiyotlarga qiziqishni oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi