“Iyun–avgust” oylariga mo‘ljallangan tasdiqlangan reja-grafik asosida har payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” loyihasi doirasida Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan shahardagi xususiy sport majmuasida muntazam sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlar ishtirokida «Sport – sog‘liq garovi» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi rahbari G.Jabbarova hamda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassisi Z.Saidova ishtirok etib, sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan o‘g‘il-qizlar bilan samimiy suhbat olib bordilar. Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sportning inson salomatligini mustahkamlashdagi o‘rni, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kitob mutolaasi orqali ma’naviy kamolotni yuksaltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.