Mazkur shaxsiy kutubxonada turli sohalarga oid 2500 ga yaqin adabiyotlar, shuningdek, turli gazeta va jurnallar jamlangan. Ushbu kitoblar xonadon sohibining oilasi yaqinlari hamda mahallada yashovchi kitobsevar insonlar tomonidan muntazam mutolaa qilinib kelinmoqda. Shaxsiy kutubxona zamonaviy kompyuter texnikalari bilan jihozlangan bo‘lib, kitobxonlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun imkoniyat yaratgan. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo‘linmasi rahbari G.Jabbarova va markaz xodimlari xonadon sohiblari bilan samimiy suhbat o‘tkazdilar. Suhbat davomida shaxsiy kutubxonani tashkil etish tarixi kitoblarni jamlash jarayoni oilada kitobxonlik muhitini shakllantirish hamda mahalla aholisi ortasida mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish borasida fikr almashildi