Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan “Ertaksevar bolajon” loyihasi doirasida tuman IT Park o‘quv markaziga navbatdagi tashrif tashkil etildi.
Tashrif davomida Axborot-kutubxona markazi rahbari M.Yusupova to‘garak a’zolari bilan samimiy suhbatlashib, ularni kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishtirdi. Shuningdek, kitobxonlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, kutubxona xizmatlaridan foydalanish va obuna bo‘lish tartibi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Uchrashuv davomida bolajonlarga kitob o‘qishning ahamiyati, mutolaaning inson dunyoqarashi va bilimini boyitishdagi o‘rni haqida ham tushunchalar berildi. M.Yusupova barcha to‘garak a’zolariga o‘qishlarida omad, yangi bilim va muvaffaqiyatlar tiladi. Ayniqsa, bugungi uchrashuv bolajonlarda katta taassurot qoldirib, ular kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishganidan va yangi kitoblar olamiga sayohat qilish imkoniga ega bo‘lganidan juda xursand bo‘ldilar.