Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘linmasi rahbari G.Jabbarova hamda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi rahbari M.Yusupova boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayramona suhbat hamda «Sog‘lom oila – barqaror jamiyat poydevori» mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Tadbir davomida oilaning jamiyat hayotidagi o‘rni, milliy va oilaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, farzand tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondashish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni shakllantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat davomida sog‘lom va mustahkam oila — jamiyat taraqqiyoti, tinchligi va barqarorligining muhim poydevor
i ekani alohida ta’kidlandi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, fikr va takliflarini bildirdilar.
Seminar-trening samimiy, ochiq va mazmunli muloqot ruhida o‘tdi.