Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish, kitobxonlikka qiziqishni oshirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maktab o‘quvchilariga yangi adabiyotlar muntazam ravishda buyurtma asosida yetkazib berilmoqda.
Bu gal “Ertaksevar bolajon” loyihasi doirasida Urganch tumani 1-sonli maktabiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari bilan suhbatlar o‘tkazilib, ularning ta’lim jarayoni hamda tayyorlov kurslarida foydalanishlari uchun zarur bo‘lgan ilmiy, badiiy va ma’rifiy adabiyotlar va jajji bolajonlar uchun yangi ertak kitoblar mutolaa uchun tavsiya qilindi.
Shuningdek, kitobxonlarning qiziqishlari inobatga olinib, yangi nashr etilgan adabiyotlar haqida ma’lumotlar berildi. Muddatli foydalanishga berilgan kitoblar qaytarib olindi va o‘quvchilar uchun yangi kitoblar tavsiya etildi.
