Urganç tumani Axborot-kutubxona markazi 1-sonli maktabi hamkorligida “INFOLIB ÖZBEKISTON – 2026” XV Milliy axborot-kutubxona haftaligining tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbir davomida öquvçilar tomonidan kitob va kitobxonlikni madh etuvçi şe’rlar, kuy-qöşiqlar ijro etilib, barçaga kötarinki kayfiyat ulaşildi. Oçiliş marosimida markaz xodimlari haftalikning asosiy maqsad va vazifalari haqida söz yuritib, axborot-kutubxona sohasini yanada rivojlantiriş, aholiga axborot oliş manbalari va imkoniyatlarini keng tarğib qiliş, foydalanuvçilarga sifatli xizmat körsatiş, kitobxonlik madaniyatini yuksaltiriş hamda yoşlarning intellektual salohiyatini oşiriş muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladilar.
