»Ilm yölida fidoiylik»

Urganç tumani Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB ÖZBEKISTON – 2026” XV Milliy kitobxonlik haftaligi doirasida tadbirlar kötarinki ruhda davom etmoqda.

Xususan, Urganç innovatsion universiteti talabalari hamda faol kitobxonlar iştirokida jadid ayol, ma’rifatparvar Maryam Sultonmurodova tavalludining 121 yilligi munosabati bilan »Ilm yölida fidoiylik» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi. Unda Maryam Sultonmurodovaning hayot yöli ilm-ma’rifat yölidagi faoliyati, jadid namoyandalarining xalqimiz ma’naviy hayotidagi örni va boy adabiy merosi haqida atrofliça ma’lumotlar berildi. Şuningdek, talabalar örtasida jadid namoyandalarining hayoti va ijodi, ularning asarlari yuzasidan qiziqarli savol-javoblar taşkil etildi. Iştirokçilar öz bilimlarini sinovdan ötkazib jadidlar merosi haqidagi tasavvurlarini yanada boyitdilar. Zero, jadidlar merosini örganish ilm-ma’rifatga intiliş kelajak avlodni ma’naviy barkamol etib tarbiyalaş yölidagi muhim qadamlardan biridir.