»Bir Vatan, bir el, bir bayroq!

Urganç tumanidagi 38-sonli maktabida 18-noyabr Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan »Bir Vatan, bir el, bir bayroq!» şiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi. Tadbirda pedagoglar yoşlar tuman jamoatçiligi vakillari iştirok etdilar. Unda Davlat bayroğimiz xalqimizning ozodligi mustaqilligi milliy birligi va ğururining yorqin timsoli ekanligi alohida ta’kidlandi. Tadbir doirasida Urganç tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan bayramona ruhdagi kitob körgazmalari taşkil etilib, iştirokçilar e’tiboriga Vatan, mustaqillik milliy qadriyatlarimizni tarannum etuvçi adabiyotlar havola qilindi. Şuningdek bayroğimiz aks etgan maxsus çellenj ham ötkazildi. Bundan tashqari, robototexnika hamda harbiy anjomlar körgazmalari taşkil etilib, yoşlarga zamonaviy texnologiyalar va harbiy sohadagi imkoniyatlar namoyiş etildi. Ayniqsa “Jasorat” maktabi öquvçilarining çiqişlari tadbirga özgaça ruh bağişlab iştirokçilarda katta taassurot qoldirdi.