«Kitobsevar millat» shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-dekabrdagi “2020–2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida «Kitobsevar millat» shiori ostida “Kitobxonlik haftaligi”ning ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirga Urganch tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivonlantirish va ma’naviy-ma’rafiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Omonboy Saburov Raximovich, Urganch tumani Favqulotda vaziyatlar bo’limi FVBNTB boshlig’i SH.Maxmudov, 11-YOKK smena boshlig`i O.Saidov, 38-sonli maktabning MMIBDO’ Sh.Rustamova, Mahalla fuqorolar yig’ini hodimi M.Sobirova va mahalla yoshlar yetakchilari qatnashdilar.
Tadbirda 38-sonli maktabning 2, 3 sinf o’quvchilari tomonidan raqslar, she’rlar va sahna ko’rinishlari namoyish etildi.