Davlatimiz gerbi – faxrimiz, g’ururimiz ramzi

⚡️O’zbekiston Respublikasi Davlat Gerbi — mamlakatimiz davlat mustaqilligining ramzlaridan biridir. G’ururimiz va iftixorimiz timsoli bo’lgan davlat Gerbining 30 yilligi nishonlanmoqda. Bugun Urganch tumani Axborot kutubxona markazi hodimi tumandagi Barkamol avlod bolalar ijodiyot maktabida bo’lib «Yosh musavvirlar» to’garak a’zolari bilan «Gerbimiz — faxrimiz» deb nomlangan davra suxbati tashkil etildi. Markaz hodimi Davlatimiz Gerbi to’g’risida yosh musavvirlarga ma’lumot berdi. To’garak a’zolariga davlat Geribi rasmini tasvirlash toshirig’i berildi. Davlat ramzlari tasvirlangan Gerbimiz suratini chiroyli chizgan yoshlarga kutubxonamiz tomonidan kitoblar sovg’a qilindi.