Qatag’on qurbonlari muzeyiga tashrif

O‘zbekiston xalqlari ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy ongining oshishi, dunyoqarashining shakllanishi, o‘zligini anglashi, ma’naviy olamining boyishida, ayniqsa, o‘sib kelayotgan yosh avlodni Vatanga, milliy qadriyatlarga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muzeylarning jamiyat hayotida tutgan o‘rni beqiyosdir. Mustaqillik yillarida o‘tgan asrning 30 – 50-yillaridagi qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish masalalari bo‘yicha qabul qilingan qarorlar shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2017 yil 31 avgustda “Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni”ni nishonlash,xotirasini abadiylashtirish qaroriga asosan Urganch tumani Axborot kutubxona markazi hodimlari  Urganch Davlat universiteti qoshidagi «Qatag’on qurbonlari» muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida muzey hodimi sayohatchilarga muzeyda joylashtirilgan tarixiy yodgorliklar haqida tushunchalar berdi. Sayohatdan so’ng muzeyning majlislar zalida davra suhbati uyushtirildi.