«Ona Vatan himoyachilari»

«Ona vatan himoyachilari» 14 yanvar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlarining 31 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora tadbirlarni ta’minlash maqsadida Urganch tumani axborot-kutubxona markazi hodimlari Urganch tumani Qo’riqlash qismiga tashrif buyurishdi. Markaz hodimlari harbiylarimizni bayram bilan tabriklab, davra suhbati, psixologik test, mantiqiy savollar berildi. Ularga yangi kitoblar tavsiya etildi va taqdimotlari o’tkazildi.