IIB hodimlarining kutubxonaga tashrifi

Bugun Urganch tumani axborot-kutubxona markaziga Urganch tumani Ichki Ishlar bo’limi boshlig’i Podpolkovnik G’ulomjon Sharipov hodimlari bilan birgalikda tashrif buyurdilar. IIB boshlig’i G’.Sharipovga kutubxona faoliyati, kitob fondi, hodimlar to’g’risida ma’lumotlar berildi. Hamda kutubxona foydalanuvchilari bilan suhbat bo’lib o’tdi. Tashrif so’ngida IIB hodimlari o’zlari yoqtirgan adabiyotlardan olib, kutubxonaga a’zo bo’ldilar.