Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari tomonidan yangi kitobxon onalarni kashf etish maqsadida tumanning markaziy ko’chalarida kitobxonlik targ’ibot tashviqot ishlari olib borildi. Targ’ibot davomida kitobxon ayollarga markaz haqida ma’lumotlar berildi va kutubxonaga a’zo etildi.
Kitoblari yo’q xonadon – xuddi ruhsiz tanaga o’xshaydi. Oilada tarbiyaning barcha mezonlari shakllantirilganidek, kitobxonlik madaniyati ham shu maskandan boshlansa yaxshi samara beradi. Oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada tarbiyalanayotgan farzand ham kitobga oshno bo’ladi, bunday bolalarning dunyoqarashi, fikrlash doirasi keng bo’ladi, xushmuomala, mehribon, boshqalarga iloji boricha yaxshilik qiladi. Albatta farzand tarbiyani qo’lida kitob ko’targan ota — onasidan o’rganadi.