Abu Rayhon Beruniyni tavalludining 1050 yilligi

Urganch tumani hokimligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Urganch tuman bo’linmasi, Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi, tuman Ma’daniyat bo’limi, tuman yoshlar targ’ibotchilari hamkorligida 18-sonli Musiqa maktabida Abu Rayhon Beruniyni tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda 4-40-49-sonli maktab o’quvchilari tomonidan Abu Rayhon Beruniy haqida ma’lumotlar berildi va sahna ko’rinishlari ijro etildi. Tadbirda viktarina o’yinlari, yosh rassomlar tomonidan Beruniy siymosi gavdalantirildi. Tadbir so’nggida faol qatnashgan o’quvchilar Axborot-kutubxona markazi tomonidan taqdirlandi. Madaniyat bo’limi o’z kuy-qo’shiqlari bilan tadbirga fayz bag’ishladi.