Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida yildan-yilga, qo‘ldan-qo‘lga o‘tib kelayotgan o‘zbek va jaxon yozuvchilarining bir nechta asarlaridan ko‘rgazma tashkil qilindi. Ko‘rgazmada 2023 yilda o‘zining yubileyini nishonlaydigan o‘zbek va jahon adabiyoti asarlaridan Iogann Gyote «Faust» 215. A.S.Pushkin «Bog’chasaroy fontani» 200. A.S.Pushkin «Yevgeniy Onegin» 190. Charlz Dikkens «Oliver Tvistning boshdan kechirganlari 185. Fyodr Dastayevski «Beliy noch» 175. Jyul Vern «Kapitan Grant bolalari» 155. Jyul Vern «O’n besh yoshli kapitan» 145. Abdulla Qodiriy «Mehrobdan chayon» 105. G’afur G’ulom «Shum bola» 85. Abdulla Qahhor «Sinchalak» 65. Pirimqul Qodirov «Uch ildiz» 65. Xudayberdi To’xtaboyev «Sariq devni minib» 55. Said Axmad «Jimjitlik» 35. Said Axmad «Yo’qotganlarim va topganlarim» 25 asarlari va boshqa yubilyar-kitoblar bilan tanishishingiz mumkin.