Yangi kitoblarga marhamat

?Kitob_bilim_manbai
Urganch tumani Axborot-kutubxona markaziga Urganch tumani hokimligi tomonidan 15 mln so’mlik 108 nomda 319 dona sovg’a etilgan kitoblar hodimlar tomonidan ishlov berilib, kitobxonlarga foydalanish uchun topshirildi. Yangi adabiyotlardan ko’rgazma tashkil etildi.

✏️Kitob – insonning erkin fikrlashi, dunyoqarashining kengayishi, aqlan yetuk bo‘lishi, ma’naviyatining shakllanishida asosiy o‘rinni egallaydi.
Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yo‘li esa bitta – kitob o‘qishdir.