«Buvijonlar ma’rifati» loyihasi

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hodimlari
«Buvijonlar ma’rifati» loyihasi doirasida mahallalardagi kitobxon buvijonlarni izlash maqsadida tumandagi «Oltinko’l» MFY da istiqomat qiluvchi Yaqubova Rano va Otajonova Munavvar buvijonlar xonadoniga tashrif buyurildi.
Hayotiy tajribaga ega mahalla onaxonlari yoshlar tarbiyasi, ularni ma’naviyatini yuksaltirish, ma’rifatli ona qiyofasi kabi mavzularda suxbatlashildi. Tashrif davomida o’zlari o’qigan asarlar haqida so’zlab berishdi va oilasi, nabiralari uchun yangi adabiyotlardan tanlab olishdi.