Ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bo’lgan, nafaqadagi kitobxonlarga ko’rsatiladigan kutubxona xizmati sifatini yaxshilash, ularni kitobga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ma’naviy yordam berish maqsadida va bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishlari uchun Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Mehr kutubxonasi» loyihasi doirasida kutubxona xizmati ko’rsatib kelinmoqda. Tumandagi «Oltin ko’l» MFY da istiqomat qiluvchi nafaqadagi kitobxonlarga so’ralgan kitoblar yetkazib berildi. Bundan tashqari markazning kitobxonlarini ko’paytirish maqsadida targ’ibot ishlari olib borildi va yangi kitobxonlar kutubxonamizga a’zo etildi.