#Sevimli_yozuvchim_bilan_uchrashuv

Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch davlat unversiteti Filologiya fakulteti talabalari uchun mahorat darslari, yozuvchilar bilan uchrashuvlar va bellashuvlar tashkil etilmoqda. Shuningdek bugungi mehmonimiz Urganch tumani hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi rahbari qalami o’tkir shoira I.Raximova talabalar bilan suhbatlashish maqsadida kutubxonaga tashrif buyurdi. Suhbat davomida talabalar tomonidan shoira haqida ma’lumotlar va she’rlari tinglandi. Tadbir davomida talabalar sovet va oʻzbek ssenariynavis va kinorejissyori Rixsivoy Muhammadjonovning «Suyunchi» filimidan parcha namoyish etildi. Havaskor talabalar tomonidan chiroyli raqslar ijro etildi. Tadbirda faol qatnashgan talabalarga shoira I.Raximova tomonidan qalamiga mansub she’riy kitoblar sovg’a etildi.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *