«Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv»

Kitob — inson umr yo‘llarini yorituvchi so’nmas nur.Kitob — inson hayotiga mazmun baxsh etuvchi saodat manbai, har qanday vaziyatda ham hamroh bo’lguvchi sodiq do’st.Kitob – inson ma’naviy kamolotini yuksaltirishdagi qudratli vosita. Bugungi kunda jamiyatimizda kitobxonlikni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini takomillashtirish borasida har doimgidan bir necha barobar ko’p samarali ishlar amalda targ’ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Shuning amaldagi tatbiqi sifatida Urganch davlat universiteti Filologiya fakulteti talabalari ilmiy amaliyot o’tayotgan Urganch tumani Axborot kutubxona markazi bilan hamkorlikda «Kitoblar taqdimoti» tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Urganch tuman hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi qalami o’tkir shoira Sh.Ramanova mehmon bo’ldi va  tadbirida universitetning bir guruh iqtidorli, talantli talaba-yoshlari tomonidan badiiy chiqishlar, Ulugbek Hamdamning “Muvozanat”, “Isyon va itoat”, romani va Said Ahmadning «Kelinlar qo’zg’aloni» pyessasidan parcha namoyish etildi.  Sahnada mahorat bilan ijro etilgan sheʼrlar, kuy-qoʻshiqlar-u raqslar, sahna koʻrinishlari Tadbir ishtirokchilari diliga esa bayramona kayfiyat, joʻshqinlik ulashdi.  Tadbir so’nggida shoira Shahlo Ramanova talaba yoshlar bilan qizg’in suhbat qurdi hamda o’z qalamiga mansub she’riy to’plamlarini sovg’a qildi.