Urganch tumani axborot-kutubxona markazi kitobxonlar bilan gavjum. Bolajonlar yozgi ta’tilni maroqli o’tkazish maqsadida «Boshimda oftob, qo’limda kitob» shioriga odatlanib bo’sh vaqtlarini kutubxonada o’tkazishmoqda. Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati hodimlari tomonidan kitobxon yoshlar uchun «Kutubxona ziyo maskanim mening» nomli adabiyotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko’rgazmada markaz hodimlari tomonidan kitobxonlarga adabiyotlar haqida qiziqarli ma’lumotlar berildi hamda turli xil qiziqarli o‘yinlar tashkil etildi. Shuningdek kutubxonaga doimiy a’zo nafaqadagi onaxonimizga adabiyotlar tavsiya etildi.