Urganch tumani Axborot kutubxona markazida talaba yoshlar va kitobxonlar uchun qiziqarli loyihalar, turli tadbirlar tashkil etilib kelmoqda. Markaz mutaxasssi Z.Saidova tomonidan «Zamonaviy klassik adabiyotlar» loyihasi doirasida Urganch davlat unversiteti filologiya fakulteti talabalarining qanchalik kitobxon ekanli, qaysi adibni asarlani ko’proq o’qiganliklarini bilish maqsadida «Kitob muallifini toping», «Bilimdon kitobxon» nomli viktarina o’yinlari tashkil etildi. Talabalar «Kitobxon», «Zukkolar», «Ziyolilar» nomli uchta jamoaga bo’lingan holda bellashdilar. Savollarga to’g’ri javob bergan, faol qatnashgan «Kitobxon» jamoasi g’olib deb topildi. Bellashuv so’ngida barcha bilimdon talabalarga Axborot kutubxona markazi tomonidan kitoblar sovg’a etildi.