O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 martdagi «Keksa avlod vakillarini har tomonlama qo’llab quvvatlash hamda ularning ijtimoiy faolligini oshirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’grisida» gi PK-92-sonli qarori 8-bandiga hamda 2022 yil 19 yanvardagi «Yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida»gi PK-92-son qarori 5-bandiga asosan xar bir maxallalarda «Bir Nuroniy 10 yoshga mas’ul» loyihasi asosida yoshlarga biriktirilgan nuroniylarni jamiyat hayotiga faol jalb qilish. Ularning ijtimoiy faolligini oshirish, yoshlarimiz tarbiyasida keksa avlod vakillarining tajribasidan foydalanish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ajrim yoqasida turgan yosh oilalar o’rtasida barqaror muxitni qaror toptirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni targ’ib qilish va ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etib kelayotgan nuroniylar bellashdilar. Urganch tumandagi 11 — sonli musiqa va san’at maktabida tuman Hokimligi, Mahalla va nuroniylarni qo’llab-quvvatlash bo’limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, Yoshlar ishlari agentligi va Urganch tumani Axborot kutubxona markazi hamkorlikda “Bir nuroniy 10 yoshga mas’ul” loyhasiga doirasida katta tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda tumandagi Baqaylar, Qiyot, Bobodehqon, Baxshilar, Jayhun, Oyoqbog’, Oq oltin mahalla fuqarolar yig’inlarida istiqomat qiluvchi faol nuroniy otaxon va onaxonlar ishtirokida bellashuv tashkil etildi. Bellashuvda nuroniy otaxonlar 4 ta shart bo’yicha bellashdilar. Tadbirda faol nuroniy keksalar maslahati a’zolari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari hamda Urganch davlat unversiteti talabalari mehmon bo’lishdi. Tadbirda tuman Ma’daniyat bo’limi sa’natkorlari kuy qo’shiqlari bilan ko’rik bag’ishladi. Bellashuvda g’olib bo’lgan keksa nuroniy otaxonlarimiz tuman mahalla va nuroniylarni qo’llab quvvatlash bo’limi tomonidan esdalik sovg’alari va pul mukofatlari bilan taqdirlandilar. Tadbir so’nggida Urganch davlat unversiteti talabalari amalyot davrida Axborot-kutubxona markazida o’tkazilgan tadbirlarda yaqindan yordam bergan bir guruh faol talabalar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.