«Mutolaa olamidagi kitobxon millat»
⚡️“Kreativ ta’lim va innovatsiya – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostidagi “InnoWeek-2023” innovatsion g‘oyalar haftaligi…
Bugun Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi va Urganch davlat universiteti Kimyo fakulteti talabalari ishtirokida ilm-fan, innovatsiyalarga bag’ishlangan yoshlar kongressi, Yoshlar akademiyasi forumi, iqtidorli yoshlarning chiqishlari oʻtkazildi.
Yoshlar akademiyasi fakultet liderlari tomonidan Yoshlar akademiyasi klubi faoliyati to’g’risida taqdimot qilindi. Bundan tashqari, “Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” mavzusida seminar treningi ham tashkil etildi. Tadbir so’ngida talabalar foydalanishlari uchun sohaga doir qo’llanma va yangi adabiyotlar topshirildi.