«Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona mutaxassisi 2023»

«Yilning eng yaxshi Axborot-kutubxona mutaxassisi 2023» ko’rik-tanlovning viloyat bosqichi…
Mahmud Zamaxshariy nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi va Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi hamkorligida har yili o’tkazib kelinayotgan “Yilning eng yaxshi axborot-kutubxona mutaxassisi” ko’rik-tanlovining viloyat bosqichi bo’lib o’tdi. Viloyat axborot-kutubxona markazi direktori ochib bergan tadbirda viloyat, shahar, tuman axborot-kutubxona markazlari xodimlari ishtirok etdishdi. Tanlovga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i Dilbar Bekchanova, Respublika yig‘ma eletron katalog markazi direktori Zuhra Nosirova, viloyat AKM direktori Rahimboy Qurbonov hamda kasaba uyushmasi raisi Qunduz Ismoilovalar hakamlik qilishdi.