“INFOLIB O‘ZBEKISTON-2023”

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida “INFOLIB O‘ZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligning 2-kunida tumandagi 38-sonli maktabning 3-A,B sinf o’quvchilari bilan birgalikda «Kitob xazina bilim boylik» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan kitoblar to’g’risida she’r, kuy-qo’shq, sahna ko’rinishlari va chiroyli raqslar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.
Bayram tadbiri so’nggida markazning axborot Bibliografiya xizmati rahbari B.Jumaniyozov so’zga chiqib «Infolib_O’zbekiston_2023» kitobxonlik haftaligi to’g’risida gapirib o’tdi hamda ustoz va murabbiylarga yuqori natijalarga erishayotgan o’quvchi yoshlarga o’qish va ishlarida zafarlar tiladi.