⚜️“Davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan kun munosabati bilan Respublikamizda ushbu sana katta tantana bilan nishonlanadi.
⚜️ Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «21-oktabr — O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun!» munosabati bilan «Qadring baland bo’lsin, ona tilim !» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
⚜️ Tadbirda tuman Madaniyat bo’limi hodimlari, tuman Favqulotda vaziyatlar bo’limi hodimlari F.Shaxamov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi rahbari R.Vapaeva, Urganch tumani hokimi maslahatchisi, shoira Sh.Ramanova, tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi hodimlari, 38-sonli maktab direktori Z.Kurbanbayeva va maktab o’qituvchi hodimlari ishtirok etishdi.
⚜️Tadbirda 38-sonli maktabning 5 sinf o’quvchilari tomonida Davlat tili haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan turli raqslar va sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Tuman Madaniyat bo’limi hodimlari tomonidan kuylangan qo’shiqlar tadbir mehmonlariga zavq bag’ishladi.
⚜️Tadbir so’ngida so‘zga chiqqanlar tilimizni e’zozlash, uning davlat tili sifatidagi maqomini yanada ulug‘lash, ayniqsa yosh avlodni ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash hamisha dolzarb masala hamda ma’naviy burchimiz bo‘lib qolishini alohida ta’kidladilar.