«Mutolaa ijtimoiy madaniy hodisa»

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dеkabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-401-son qarorning 3-ilova 36-bandida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasiga asosan » Kitobxonlik oiladan boshlanadi » shiori ostida Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida tumandagi 38-sonli maktabi 3-5-sinf o’quvchilari ishtirokida «Mutolaa ijtimoiy madaniy hodisa» mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirga o’quvchilar o’zlarining she’r, kuy-qo’shiqlari va chiroyli chiqishlari bilan ko’tarinki kayfiyat ulashishdi.
Tadbir so’nggida markaz direktori M.Yusupova so’zga chiqib davlatimiz mustaqilligi, xalqimiz tichligi va osoyishtaligi, Vatanimiz obodligi, ozod va obod vatanda tinch yashayotganligimiz, O’zbekiston Respublikasi Prezidentimizning kitob va kitobxonlik borasidagi olib borilayotgan islohatlari haqida to’xtalib o’tdi.