«Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun»

Yurtimiz bo’ylab o’tkazilayotgan «Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun» shiori ostida «Mahallada duv-duv gap» ma’naviy-ma’rifiy, madaniy-musiqiy tadbiri bu gal Urganch tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabida bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida jajji havaskor o’gil-qizlar ishtirokidagi she’r, kuy-qo’shiqlar va chiroyli raqslar tadbirga o’zgacha shukuh bag’ishladi.
📚Ushbu tadbirda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi kitob ko’rgazmalari bilan faol qatnashdilar. Tadbirda ishtirok etgan «Ma’rifat» targ’ibotchilar jamiyati a’zolari o’z ma’ruzalari bilan yig’ilganlarga katta ma’naviy ozuqa berdilar.