«Yosh kitobxon»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida ijodkor yoshlar bilan
«Yosh kitobxon» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
Tuman hokimligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’linmasi, oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman axborot kutubxona markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirga O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi yetakchi mutaxassisi Shoira Shams taklif qilinib, o’z ijodidan namunalar o‘qib, ijodkor yoshlarga o’z maslahatlarini berdi.
Tadbirda 7-son umumiy ta’lim maktabi o’quvchisi Yuldasheva Asalxonning “Nurli manzillar” kitobi taqdimoti ham o’tkazildi. Tadbirga taklif qilingin kitobsevar yoshlar tomonidan o’zlarining sevimli she’rlaridan namunalar o’qib, sahna ko’rinishlari namoyish etildi.