MUHAMMAD YUSUF-EL ARDOQLAGAN SHOIR
IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» davom etmoqda.
✨Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida «Kitobsevar millat» shiori ostidagi IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Urganch tumani 1-sonli maktabi kitobxonlar ishtirokida el suygan adib, shoir Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligi munosabati bilan “Muhammad Yusuf- el ardoqlagan shoir” nomli tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbir davomida kitobxonlar tomonidan shoirining hayoti va ijodi, shoir qalamiga mansub she’rlar, chiroyli raqslar va sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo’linmasi mutaxassisi Q.Sobirov, Tuman 1-sonli maktab Ona-tili va adabiyot o’qituvchisi D.Babajanova, kutubxonachisi G.Xajiyeva ,38-sonli maktabning o’qituvchi va o’quvchilari mehmon bo’lishdi.