Urganch tumani Axborot — kutubxona markazi xodimlari ishtirokida «Kitobsevar millat» shiori ostida an’anaviy IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida faol kitobxonlar ishtirokida «Yosh kimyogarlar» bellashuvi o’tkazildi. Bellashuv jarayonida 7-sinf o’quvchilar «Alkimyogar», «Butlerov», «Elementlar» jamoalariga bo’lingan holda faol qatnashishdi. Shuningdek «Elementlar» jamoasi g’olib deb topildi, Markaz tomonidan faxriy yorliqlarga ega bo’ldi.