Kitobxonlik_haftaligini_IV_kuni
Urganch tumani Axborot — kutubxona markazi xodimlari ishtirokida «Kitobsevar millat» shiori ostida an’anaviy IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Zakovat bilimdonlari» intellektual o’yini o’tkazildi.
Qiziqarli savol-javoblardan iborat, bahs-munozaralarga boy tarzda o’tkazilgan bellashuvda xodimlar «Kitobxonlar», «Ziyolilar» nomli guruhlarga bo’lingan holda faol qatnashishdi. «Zakovat bilimdonlari» intellektual o’yinida faol qatnashgan guruxlar kitobxonlik haftaligi yakunida taqdirlanadi.