Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Nuroniylar bilan yoshlar uchrashuvi» va O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bag’ishlangan «Muhammad Yusuf el ardoqlagan shoir» nomli tumandagi 1-38-sonli maktab o’quvchilari ishtirokida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan shoir ijodidan she’r kuy qo’shiqlar, chiroyli raqslaru, qiziqarli sahna ko’rinishlari ijro etildi. Tadbirga Urganch tumani “Nuroniy jamg’armasi” faollari, Urganch tumani hokimligi vakili H.Jumaniyozov, Urganch tumani «Oltin ko’l» mahalla fuqarolar yig’ini otaxonu onaxonlar mehmon bo’lishdi. Tadbir so’nggida Xorazm viloyati “Nuroniy jamg’armasi” mutaxassisi T.Matchanova so’zga chiqib «Kitobxonlik haftaligi» bayrami bilan barchani tabriklab, Muhammad Yusuf dunyoda muhtasham iz qoldirib o’zidan o’lmas ijodiy meros qoldirganligi, bu ijod nainki bir insonning, balki butun bir millatning faxru g’ururi bo’la oladigan ijod ekanligi, zamonaviy badiiy tafakkurimiz rivojida o’chmas iz qoldirgan, hamisha barhayot siymo sifatida tan olingan nomi doimo yuksak ehtirom bilan tilga olinishi haqida to’xtalib o’tdilar. Ko’tarinki kayfiyatda o’tkazilgan ushbu tadbir barchaga xush yoqib, o’zgacha shukuh bag’ishladi.