O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2020-2025 yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash Milliy dasturi to’g’risida”gi 781-sonli qaror bandlari ijrosini ta’minlash maqsadida «Kitobsevar millat» dasturi doirasida «Kitobxonlik haftaligi» 2020 yil 14 dekabrdagi 781-son qaroriga asosan 2021 yildan boshlab har yili aprel oyida «Kitobxonlik haftaligi» o’tkazilishi belgilangan.
Shu munosabat bilan Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida 38-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi o’quvchilari va faol kitobxonlar ishtirokida «Kitobsevar millat» shiori ostida IV Respublika «Kitobxonlik haftaligi»ning «Kitobxonlik bizni birlashtirdi» mavzusida adabiy musiqali kecha tashkil etildi.
Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan kuy-qo’shiq va raqslar, sahna ko’rinishlari hamda kitob ko’rgazmalari asosida tashkil etilgan tadbir ko’tarinki ruhda bayramona tarzda o’tkazildi.