«Siz o’z huquqingizni bilasizmi?»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi xodimlar hamda «Kitobxonlar klubi» a’zolari bilan birgalikda «Siz o’z huquqingizni bilasizmi?» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Davra suhbatida markaz xodimi tomonidan Konstitutsiya davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan asosiy qomusligi, u inson manfaatlari uchun xizmat qilayotgan oliy hujjat vazifasini bajarilishi asosiy qonunimiz xalqimiz irodasi, ruhiyatida ijtimoiy ongini va madaniyatini aks etganini tushuntirib o’tildi. Bugungi uchrashuvda kitobxonlar qiziqarli ma’lumotlarga ega bo’ldilar.
Shuningdek: Markaz xodimlari tomonidan Milliy gvardiya Xorazm viloyati boshqarmasi bolalar bilan ishlash bo’limi, Urganch tuman inspektor psixologlariga inson huquqlariga doir kitoblar va ko’llanmalar tavsiya etildi.