Urganch tumani Axborot-kutubxona markaziga Urganch tumani 38-sonli maktab o’quvchilari markazdagi yangi o’zgarishlar bilan tanishish, yangi adabiyotlardan mutolaa qilish maqsadida tashrif buyurishdi. Tashrif davomida o’quvchilar markaz faoliyati, kitob fondi, o’lkashunoslik burchagi, bu yerda tashkil qilingan ko’rgazmalar, Ma’naviyat burchagi va AKT va raqamlashtirish xizmati faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan ma’lumotlarga ega bo’ldilar.