Urganch tumani axborot-kutubxona markazida 21-27 aprel kunlari «O’zbekiston kitobxonlar yurti» shiori ostidagi an’anaviy V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» da tadbirlar davom etmoqda.
Ananaga muvofiq har oyining 17 sanasi «Kitobxon onalar» kuni sifatida keng nishonlanib kelinmoqda. Unda «Kitobxon Onalar» loyihasi doirasida, markazning kitobxon onalari, namunali ayollar va oqila ayollar jamoasi va «Qarovul» qishlog’i oqila ayollari bilan hamkorlikda «Milliy qadriyatlar — ma’naviyat ko’zgusi» mavzusidagi tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda oqila ayollar tomonidan ota-bobolarimiz milliy urf-odatlaridan «Yor-yor», «Kelin keldi», «Bak bavak», «Lachak o’rash» kabi marosimlar ko’rsatib o’tildi.

Ayniqsa, xalqimizning asrlardan asrlarga o’tib kelayotgan milliy qadriyatlari xususida so‘z yuritib, vatanga muhabbat, ajdodlar xotirasiga sadoqat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko’rsatish singari ezgu fazilatlar milliy qadriyatlarimiz asosi ekanligi ta’kidlandi. Tadbirda Urganch tumani hokimi o’rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo’limi boshlig’i Saida Otabayevna mehmon sifatida taklif etilib, milliy qadriyatlarni asrash, ularni keng targ’ib qilish hamda avlodlar o’rtasidagi bog’lanishni mustahkamlashga xizmat qilishi va ayollarimizga ko’rsatilayotgan imkoniyatlar haqida to’xtalib o’tdi. Shuningdek, Urganch tumani Bosh imom xatibining xotin-qizlar masalalari bo’yicha yordamchisi Aziza To’rayeva tomonidan tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan tashkilotchilar va tadbir mehmonlari faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi.