Urganch tumani axborot-kutubxona markazi va 38-sonli maktabi hamkorlikda «Qadriyatlaring boqiy bo’lsin» shiori ostida maktab sayli bo’lib o’tdi.
🕊Milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash va yosh avlod qalbida ona Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida «Qadriyatlaring boqiy bo’lsin» shiori ostida maktab sayli tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar o‘zlari tayyorlagan milliy taomlar, hunarmandchilik mahsulotlari va san’at namunalari bilan ishtirok etishdi. Saylga tashrif buyurgan mehmonlar har bir sinf jamoasining ijodiy chiqishlarini tomosha qilish barobarida, milliy qadriyatlarimiz aks etgan ko‘rgazmalarga ham guvoh bo‘lishdi.
Bayramona kayfiyatda o‘tgan ushbu tadbir nafaqat o‘quvchilar, balki ota-onalar va ustozlar uchun ham unutilmas taassurot qoldirdi. Ushbu sayl yosh avlodning milliy merosimizga bo‘lgan hurmatini oshirishga xizmat qilgani bilan yanada ahamiyatli bo’ldi.