O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyulda “Siyosiy qatag’on qurboni bolgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o’rganib,targ’ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to’g’risida”gi PQ-270-son qarori yuzasidan zamonamiz jadidlari xotirlanmoqda.
Urganch tumani axborot-kutubxona markazi jamoasi ikkinchi jahon urushi yillarida front ortida mehnat qilgan faxriylar va o’tganlarni xotirlash maqsadida Urganch shahridagi Xotira maydoniga sayohat uyishtirildi. Tashrif davomida marhumlarning jamiyat rivojiga qo’shgan hissalari, ularning fidokorona xizmatlarini yodga olishdi va qatag‘on qurbonlarining jasorati, millat ravnaqi yo‘lida qilgan mehnati, jamiyatga bo‘lgan xizmatlari, yashab o’tgan davrning og’ir sinovlarida sabr-toqat va fidokorlik ko‘rsatganliklari yuksak baholandi.Shuningdek, xodimlar Urganch shahrida ko’zni quvnatadigan, zamonaviy «Bilim xazinasi» kitob do’koniga tashrif buyurib, yangi adabiyotlar bilan tanishdilar